Biznesingizni 5 daqiqada boshlang

To‘lovlarni qabul qilish, soliq hisobotlari va hujjatlar aylanishi — barchasi bitta mobil ilovada.

Ilovani yuklab olish
Biznesingizni 5 daqiqada boshlang

To‘lovlarni qabul qiling

(Video yoʻriqnomalar)

Yagona QR-kod

Bitta QR-kod orqali O‘zbekistondagi 30 dan ortiq bank va to‘lov ilovalaridan to‘lovlarni qabul qiling.

Yo‘riqnomani ko‘rish
Yagona QR-kod

Yuridik shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish

Hamkor kompaniyalar «MUNIS» tizimi orqali to‘lovlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes hamyoningizga o‘tkazishlari mumkin.

Yo‘riqnomani ko‘rish
Yuridik shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish

Bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish (NFC)

Mijozning kartasini smartfoningizga yaqinlashtiring — to‘lov bir necha soniyada amalga oshadi.

Yo‘riqnomani ko‘rish
Bank kartalari orqali to‘lovlarni qabul qilish (NFC)

Hisob-faktura yuborish

Hisobni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilovada yarating va mijozga yuboring.

Yo‘riqnomani ko‘rish
Hisob-faktura yuborish

Naqd pulda to‘lovlarni qabul qilish

Naqd puldagi to‘lovlarni naqdsiz to‘lovlar kabi rasmiy tarzda qabul qiling.

Yo‘riqnomani ko‘rish
Naqd pulda to‘lovlarni qabul qilish

Ko‘p beriladigan savollar

Xolis xizmatida QR-kodingizni oching, «Yuklab olish» yoki «Chop etish» tugmasini bosing va uni mijozlarga qulay bo‘lishi uchun kassaga yoki vitringa joylashtiring.

Agar siz YTT yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs bo‘lsangiz va to‘lovlarni Xolis QR orqali qabul qilayotgan bo‘lsangiz, qo‘shimcha ravishda Yagona QR-kod olish shart emas.

Xolis QR afzalliklari:

  • Tadbirkor uchun to‘lovlarni qabul qilishda 0% komissiya

  • Paynet ilovasi orqali to‘lov amalga oshirilganda mijoz uchun 0% komissiya

Yagona QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilishda tadbirkor uchun 0,65% komissiya undiriladi.

Xolis biznes hamyonidagi mablag‘larni quyidagi usullar orqali yechib olish mumkin:

  • Paynet kartasiga — komissiya 0%

  • Uzcard va HUMO kartalariga — komissiya 0,9%

  • Paynet agentliklari orqali naqd pulda — komissiya 1%

  • Hisob-kitob raqamiga — komissiya 1%

Barcha operatsiyalar biznes hamyoni uchun belgilangan limitlar doirasida amalga oshiriladi. Limit oshib ketgan taqdirda tranzaksiya bajarilmaydi.

Paynet ilovasini App Store yoki Google Play’dan yuklab oling, «Xizmatlar» bo‘limini oching, Xolis xizmatini toping va Face ID orqali shaxsingizni tasdiqlang.

Xolis xizmatiga o‘ting va profilingizni sozlashni boshlang. Face ID orqali shaxsingizni tasdiqlang, kerakli maqomni — «Yakka tartibdagi tadbirkor» yoki «O‘zini o‘zi band qilgan shaxs»ni tanlang. Faoliyat turini ko‘rsating. Davlat ro‘yxatidan o‘tish uchun ariza elektron shaklda onlayn tarzda yuboriladi va bu jarayon atigi bir necha daqiqa vaqt oladi.

Asosiy farq faoliyat turlari va biznes yuritish imkoniyatlarida.

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs — yollanma xodimlarsiz, mustaqil ravishda faoliyat yuritadigan va cheklangan faoliyat turlari ro‘yxatidan xizmatlarni shaxsan ko‘rsatadigan shaxs. Masalan, repetitorlik, bolalar va keksalarga qarash, uy xo‘jaligini yuritish, marketplace’larda tovarlar sotish, qishloq xo‘jaligi ishlari va boshqalar. Yillik aylanma 5 mlrd so‘mgacha bo‘lganda 1% miqdorida aylanmadan olinadigan soliq qo‘llaniladi.

Yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) — faoliyat turlari kengroq bo‘lgan rasman ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkor. U chakana savdo, sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari, avtotransport vositalarini ta’mirlash, rieltorlik va tarjimonlik xizmatlari hamda boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin. YTT xodimlarni yollash, savdo nuqtalarini ochish va yuridik shaxslar bilan shartnomalar tuzish huquqiga ega. Yillik aylanma 5 mlrd so‘mgacha bo‘lganda YTT uchun ham 1% miqdorida aylanmadan olinadigan soliq amal qiladi. Ushbu chegaradan oshganda tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq umumiy soliqqa tortish rejimiga o‘tadi.

Shaxsiy QR-kod Xolis xizmatida ro‘yxatdan o‘tish vaqtida bir marta avtomatik ravishda shakllantiriladi. To‘lov havolasini «Ulashish» tugmasi orqali ham yuborish mumkin. Mijoz QR-kodni skanerlaydi yoki havolaga o‘tadi, summani ko‘rsatadi va to‘lovni amalga oshiradi. Mablag‘lar biznes hamyoniga darhol tushadi. To‘lovni istalgan bank ilovasi yoki to‘lov xizmati orqali qabul qilish mumkin.

Yo‘riqnoma: Xolis’dan foydalanish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘llanma

Xolis’ning rasmiy Telegram kanali: Paynet mutaxassislaridan yangiliklar, yo‘riqnomalar va tushuntirishlar

Obuna bo‘lish

Tezkor boshlash: birinchi savdogacha to‘rt qadam

  1. Paynet ilovasini App Store yoki Google Play’dan yuklab oling
  2. Ilova ichidagi Xolis xizmatini oching
  3. Face ID orqali shaxsingizni tasdiqlang — bu bir necha daqiqa vaqt oladi
  4. Faoliyat turini tanlang va xizmatga ulaning
QR

Ilovani yuklab olish