Ilovada xizmatlar to'lovi uchun
2,2% gacha keshbek
kategoriyalari

Hamkorlar uchun
Hamkorlik shartlari va imkoniyatlari
Agentlar uchun
Agent tarmog'i uchun vositalar va qo'llab-quvvatlash
Agent kabineti
Paynet agent shaxsiy kabinetiga kirish
Terminal o'rnatish
Biznesingizda Paynetga ulanish
Aksiyadorlar va investorlar uchun
Moliya hisobotlari va muhim hujjatlar
Fayllar va drayverlar
Kerakli dasturiy ta'minot va ko'rsatmalar
Biz haqimizda
Kompaniya tarixi va missiyasi
Rivojlanish strategiyasi
Asosiy maqsadlar va o'sish yo'nalishlari
Kompaniya tuzilishi
Kompaniya rahbarligi va xodimlari
Hududiy vakilliklar
Paynet O'zbekiston hududlarida
Rekvizitlar
Yuridik ma'lumotlar va hujjatlar
Murojaatlarni qabul qilish
Paynet rahbariyati tomonidan shaxsiy qabul grafigi va tartibi
Bo'sh ish o'rinlari
Paynet jamoasining bir qismi bo'ling
Kontaktlar
Biz bilan bog'lanish
«PAYNET» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tashkil etilgan «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ

«PAYNET» aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan tashkil etilgan «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (keyingi o‘rinlarda — HUMO) ustav fondidagi 100% davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha savdolarda g‘olib deb topildi.
Kompaniya Jamiyatga tegishli bo‘lgan «Humo» to‘lov tizimining barqaror va uzluksiz faoliyatini ta’minlash, shuningdek, tizim foydalanuvchilarining maxfiy (shaxsiy va bank) ma’lumotlarini himoya qilishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oldi.
«PAYNET» AJ halol raqobat tamoyillariga sodiqligini, milliy to‘lov tizimlarini rivojlantirish yo‘lida hamkorlikni kuchaytirish, ilg‘or moliyaviy va raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali respublikada raqamli iqtisodiyot va tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish maqsadida to‘lovlarning yangi shakl va usullarini jadal joriy etishga intilishini bildiradi.
«Biz HUMO’ning to‘lov bozorining boshqa ishtirokchilari bilan sinergiyasi nafaqat mavjud yutuqlarni saqlab qolish, balki ularni yanada oshirish, bozordagi mavqeini mustahkamlash va uzoq muddatli maqsadlarni samarali amalga oshirish imkonini beradi, deb ishonamiz. Biznes-jarayonlarni takomillashtirish, mahsulot va xizmatlar turlarini kengaytirish hamda yangi texnologiyalarni joriy etish orqali kompaniyalar aholi va biznes uchun yanada sifatli, qulay va innovatsion yechimlarni taqdim eta oladi», — deya ta’kidladi «PAYNET» AJ Bosh direktori.
31.01.2026
Joriy yilning 1-iyulidan boshlab, naqd pul mablag‘larini xizmat ko‘rsatish va inkassatsiya qilish xarajatlarining oshishi munosabati bilan, PAYNET punktlarida bank kartalarini to‘ldirish xizmati ko‘rsatish shartlariga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
25.11.2025
Paynet kompaniyasi Xolis — yakka tartibdagi tadbirkorlar va mustaqil ishlovchilar uchun zamonaviy yechimni taqdim etadi.
25.06.2025
Parvoz rejimini yoqamiz: Paynet ilovasida aviabiletlar xaridi yo‘lga qo‘yildi.