71 202-07-07
Tilni tanlang
O'zbek

Paynet orqali Visa va Mastercard kartalarini to‘ldiring va xaridlarni smartfon orqali amalga oshiring

Ko‘pchilik Apple Pay va Google Pay xizmatlarining qulayligini allaqachon qadrlagan. Paynet esa Visa va Mastercard kartalarini oson to‘ldirish imkonini beradi. Smartfon orqali do‘konlar, kafelar va NFC orqali kontaktsiz to‘lov mavjud bo‘lgan boshqa joylarda xaridlar uchun to‘lovni amalga oshiring.
img

Kartani qanday to‘ldirish mumkin?

Paynet’da Visa kartalari uchun Visa Direct, Mastercard uchun esa MoneySend xizmatlari mavjud. Kartalarni Paynet mobil ilovasi orqali, Visa Direct xizmatida esa infokiosklar va agentlar orqali ham to‘ldirish mumkin.

Visa kartalarini to'ldirish shartlari

Mastercard kartalarini to‘ldirish shartlari

Kartani to‘ldirgandan so‘ng, agar karta va uni chiqargan bank tegishli xizmatni qo‘llab-quvvatlasa, uni Google Pay yoki Apple Pay’ga qo‘shishingiz mumkin. Shundan so‘ng kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlaydigan terminalga smartfonni yaqinlashtirib, xaridlar uchun to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin.

Bu kundalik xaridlarni yanada qulay qiladi: to‘lov uchun smartfonni terminalga yaqinlashtirish kifoya. Jismoniy kartani yoningizda olib yurish yoki har safar PIN-kodni kiritish shart emas.