Ilovada xizmatlar to'lovi uchun
2,2% gacha keshbek
kategoriyalari

Hamkorlar uchun
Hamkorlik shartlari va imkoniyatlari
Agentlar uchun
Agent tarmog'i uchun vositalar va qo'llab-quvvatlash
Agent kabineti
Paynet agent shaxsiy kabinetiga kirish
Terminal o'rnatish
Biznesingizda Paynetga ulanish
Aksiyadorlar va investorlar uchun
Moliya hisobotlari va muhim hujjatlar
Fayllar va drayverlar
Kerakli dasturiy ta'minot va ko'rsatmalar
Biz haqimizda
Kompaniya tarixi va missiyasi
Rivojlanish strategiyasi
Asosiy maqsadlar va o'sish yo'nalishlari
Kompaniya tuzilishi
Kompaniya rahbarligi va xodimlari
Hududiy vakilliklar
Paynet O'zbekiston hududlarida
Rekvizitlar
Yuridik ma'lumotlar va hujjatlar
Murojaatlarni qabul qilish
Paynet rahbariyati tomonidan shaxsiy qabul grafigi va tartibi
Bo'sh ish o'rinlari
Paynet jamoasining bir qismi bo'ling
Kontaktlar
Biz bilan bog'lanish

18 avgust kuni Toshkentda Paynet ko‘magida faoliyat yurituvchi jismoniy kripto-do‘kon — Voluto’ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi savdo nuqtasi Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 2A manzilida joylashgan. Yangi format jismoniy shaxslar, jumladan, qonuniy, tushunarli va to‘liq xizmat ko‘rsatiladigan kripto-aktivlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni istagan xorijiy fuqarolar uchun mo‘ljallangan.
Voluto kripto-do‘koni qanday ishlaydi
Voluto — kripto-aktivlar bilan operatsiya oddiy bankdagi valyuta ayirboshlash jarayoniga o‘xshash, aniq belgilangan va shaffof tartib asosida amalga oshiriladigan jismoniy nuqta. Mijoz do‘konga murojaat qiladi, identifikatsiyadan o‘tadi va shundan so‘ng naqd pulga USDT sotib olishi yoki sotishi mumkin. Har bir operatsiya bo‘yicha bitimni tasdiqlovchi chek beriladi.
Yirik mijozlar uchun do‘konda alohida xona ham mavjud. Bu belgilangan identifikatsiya va operatsiyani rasmiylashtirish tartibini saqlagan holda, bitimlarni yanada qulay sharoitda amalga oshirish imkonini beradi.
Voluto’ning asosiy xususiyatlaridan biri — raqobatbardosh ayirboshlash kursidir. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, kurs o‘z likvidligi hisobga olingan holda shakllantiriladi va qo‘shimcha vositachilar zanjirisiz taqdim etiladi. Bu mijozlarga kripto-aktivlarni sotib olish va sotishda yanada qulay shartlarni taklif qilish imkonini beradi.
Shunday qilib, Voluto jismoniy xizmat ko‘rsatish formatini tartibga solinadigan bozor talablariga birlashtiradi: mijozni identifikatsiya qilish, bitimni hujjatlashtirish, xizmat ko‘rsatishning belgilangan tartibi hamda naqd pul orqali operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati.
Paynet O‘zbekistonda kripto-aktivlar bilan ishlashning yangi formatini yaratmoqda
Paynet uchun Voluto’ning ishga tushirilishi kompaniyaning an’anaviy to‘lov infratuzilmasidan tashqaridagi rivojlanishining navbatdagi bosqichiga aylandi. Paynet faoliyatining asosini ommaviy to‘lovlar va moliyaviy xizmatlar tashkil etadi. Kripto-aktivlar yo‘nalishiga kirish esa O‘zbekistonda raqamli aktivlarning tartibga solinadigan bozori shakllanayotgan bir paytda yangi yo‘nalish sifatida rivojlanmoqda.
«Odamlar kripto-bozorni noqonuniy narsa deb o‘ylashdan qo‘rqishadi. Biz kripto-aktivlar bilan operatsiya ham hisob-kitobni to‘lash kabi oddiy va tushunarli bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatish uchun keldik — identifikatsiya, chek va aniq qoidalar bilan», — dedi Voluto loyihasi rahbari Arnold Gzirov.
Voluto’ning O‘zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligining (NAPP) ochiq ma’lumotlari asosida bergan bahosiga ko‘ra, 2025 yilda litsenziyalangan provayderlar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi $2 milliarddan oshgan. Shu bilan birga, operatsiyalarning sezilarli qismi hanuzgacha norasmiy kanallar — vositachilar, P2P sxemalari va shaxsiy kelishuvlar orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa mijozlar uchun bitimni hujjat bilan tasdiqlash imkoniyatining cheklanishi va qo‘shimcha xatarlarni anglatadi.
Voluto’ning fikricha, litsenziyalangan bozor ishtirokchilarining vazifasi bir-biri bilan raqobatlashish emas, balki odatiy norasmiy ayirboshlash usullariga qonuniy muqobil yaratishdan iborat. «Qonuniylik ustunlik emas, balki norma bo‘lishi kerak», — deydi Arnold Gzirov.
Voluto rivojlanishining keyingi bosqichi
2027 yilning birinchi choragida Voluto kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va saqlash imkonini beruvchi mobil kripto-hamyonni ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Kelgusida kompaniya banklar va fintech kompaniyalari bilan integratsiyalarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Shunday qilib, jismoniy do‘kon Voluto’ning kengroq ekotizimiga kirishning dastlabki nuqtasiga aylanadi. Kelajakda ekotizim oflayn kripto-aktivlarni sotib olish va sotish, biznes uchun xizmatlar, mobil kripto-hamyon hamda moliyaviy infratuzilma bilan integratsiyalarni yagona tizimga birlashtirishi kutilmoqda.
20.11.2026
Bank va litsenziyalangan kripto-provayder oʻz mijozlari uchun raqamli moliyaviy xizmatlarni birgalikda rivojlantirish niyatida

19.11.2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushirilganidan so‘ng aholi Visa va Mastercard kartalarini Paynet mobil ilovasi va infokiosklari orqali faolroq to‘ldira boshladi.
09.11.2026
Endi Paynet foydalanuvchilari mobil ilova orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyga pul yuborishlari mumkin. Buning uchun uchta yo‘nalish mavjud: UnionPay kartalari, Alipay va WeChat hamyonlari.