Ilovada xizmatlar to'lovi uchun
2,2% gacha keshbek
kategoriyalari

Hamkorlar uchun
Hamkorlik shartlari va imkoniyatlari
Agentlar uchun
Agent tarmog'i uchun vositalar va qo'llab-quvvatlash
Agent kabineti
Paynet agent shaxsiy kabinetiga kirish
Terminal o'rnatish
Biznesingizda Paynetga ulanish
Aksiyadorlar va investorlar uchun
Moliya hisobotlari va muhim hujjatlar
Fayllar va drayverlar
Kerakli dasturiy ta'minot va ko'rsatmalar
Biz haqimizda
Kompaniya tarixi va missiyasi
Rivojlanish strategiyasi
Asosiy maqsadlar va o'sish yo'nalishlari
Kompaniya tuzilishi
Kompaniya rahbarligi va xodimlari
Hududiy vakilliklar
Paynet O'zbekiston hududlarida
Rekvizitlar
Yuridik ma'lumotlar va hujjatlar
Murojaatlarni qabul qilish
Paynet rahbariyati tomonidan shaxsiy qabul grafigi va tartibi
Bo'sh ish o'rinlari
Paynet jamoasining bir qismi bo'ling
Kontaktlar
Biz bilan bog'lanish

Toshkent, 2026-yil 18-noyabr. «Asia Alliance Bank» ATB hamda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyaga ega xizmat koʻrsatuvchi Voluto («PAYNET CRYPTO» MChJ) rasmiy uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda tomonlar oʻzaro hamkorlikni kengaytirish rejalarini mustahkamladi va bank hamda raqamli moliyaviy xizmatlar sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladi.
Hujjatni bank Boshqaruvi raisi Abduazimov Umidjon Abduazim oʻgʻli va Voluto bosh direktorining oʻrinbosari Arnoldi Gzirovi imzoladi.
Kelishuv tashkilotlar oʻrtasida allaqachon yoʻlga qoʻyilgan ishbilarmonlik munosabatlarining davomi boʻldi va kelgusidagi hamkorlik uchun asos yaratdi. Uning asosiy maqsadi tomonlarning salohiyatini birlashtirib, har ikki tashkilot mijozlarining ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan moliyaviy yechimlarni rivojlantirishdan iborat.
Tomonlar bir nechta yoʻnalishni ishlab chiqadi, jumladan Voluto foydalanuvchilari uchun bankning toʻlov kartalari va toʻlov xizmatlari, shuningdek bank mijozlari uchun raqamli moliyaviy xizmatlar. Har bir yoʻnalish boʻyicha shartlar alohida shartnomalarda belgilanadi.
Memorandumning imzolanishi Voluto va Asia Alliance Bank anʼanaviy bank infratuzilmasi bilan raqamli aktivlar sektori oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni izchil rivojlantirishga intilayotganini aks ettiradi. Tomonlar toʻplangan tajriba va texnologik imkoniyatlardan Oʻzbekiston bozorida moliyaviy xizmatlarning yangi formatlarini oʻrganish uchun foydalanish niyatida.
«Banklar bilan hamkorlik Volutoni qanday qurayotganimizning asosidir. Asia Alliance Bank bilan biz allaqachon ishlayapmiz, memorandum esa navbatdagi bosqichni ochadi: birgalikda har ikki kompaniya mijozlari uchun xizmatlarni rivojlantiramiz», dedi Voluto bosh direktorining oʻrinbosari Arnoldi Gzirovi.
Erishilgan kelishuvlar keyingi muloqot, qoʻshma tashabbuslarni ishlab chiqish va moliyaviy infratuzilma imkoniyatlarini izchil kengaytirish uchun asos boʻladi.
«Asia Alliance Bank uchun mijozlarga zamonaviy va qulay moliyaviy yechimlarni taklif etish muhim. Biz Voluto bilan allaqachon muvaffaqiyatli ishlayapmiz va memorandum hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkonini beradi. Birgalikda mijozlarimizning talablariga javob beradigan va bozorda yangi standartlarni belgilaydigan mahsulotlarni tezroq ishga tushira olamiz», dedi «Asia Alliance Bank» ATB Boshqaruvi raisi Umidjon Abduazimov.
Voluto Oʻzbekiston Respublikasida kripto-aktivlar aylanmasi sohasida litsenziyaga ega xizmat koʻrsatuvchi kompaniyadir. Powered by Paynet.
Kompaniya Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan berilgan litsenziyalar asosida faoliyat yuritadi:
CS №0006: kripto-doʻkon faoliyati;
CD №0002: kripto-depozitariy faoliyati.
«Asia Alliance Bank» ATB 2009-yil avgustda tashkil etilgan Oʻzbekiston Respublikasining universal tijorat bankidir. Bosh ofisi Toshkentda joylashgan. Bank jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat koʻrsatadi, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash hamda raqamli xizmatlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi.
Batafsil saytda: voluto.uz
19.11.2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushirilganidan so‘ng aholi Visa va Mastercard kartalarini Paynet mobil ilovasi va infokiosklari orqali faolroq to‘ldira boshladi.
09.11.2026
Endi Paynet foydalanuvchilari mobil ilova orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyga pul yuborishlari mumkin. Buning uchun uchta yo‘nalish mavjud: UnionPay kartalari, Alipay va WeChat hamyonlari.
06.11.2026
Paynet xalqaro professional tashkilot — ACCA Buyuk Britaniya (Association of Chartered Certified Accountants) tomonidan beriladigan nufuzli “ACCA Approved Employer – Trainee Development Gold” maqomiga sazovor bo‘ldi.