Ilovada xizmatlar to'lovi uchun
2,2% gacha keshbek
kategoriyalari

Hamkorlar uchun
Hamkorlik shartlari va imkoniyatlari
Agentlar uchun
Agent tarmog'i uchun vositalar va qo'llab-quvvatlash
Agent kabineti
Paynet agent shaxsiy kabinetiga kirish
Terminal o'rnatish
Biznesingizda Paynetga ulanish
Aksiyadorlar va investorlar uchun
Moliya hisobotlari va muhim hujjatlar
Fayllar va drayverlar
Kerakli dasturiy ta'minot va ko'rsatmalar
Biz haqimizda
Kompaniya tarixi va missiyasi
Rivojlanish strategiyasi
Asosiy maqsadlar va o'sish yo'nalishlari
Kompaniya tuzilishi
Kompaniya rahbarligi va xodimlari
Hududiy vakilliklar
Paynet O'zbekiston hududlarida
Rekvizitlar
Yuridik ma'lumotlar va hujjatlar
Murojaatlarni qabul qilish
Paynet rahbariyati tomonidan shaxsiy qabul grafigi va tartibi
Bo'sh ish o'rinlari
Paynet jamoasining bir qismi bo'ling
Kontaktlar
Biz bilan bog'lanish

Endi Paynet foydalanuvchilari mobil ilova orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyga pul yuborishlari mumkin. Buning uchun uchta yo‘nalish mavjud: UnionPay kartalari, Alipay va WeChat hamyonlari.
Xizmatdan Paynet ilovasida identifikatsiyadan o‘tgan O‘zbekiston rezidentlari foydalanishlari mumkin. Pul o‘tkazmalari UZCARD va HUMO kartalaridan amalga oshiriladi. Pul oluvchi Xitoy fuqarosi bo‘lishi kerak.
Pul o‘tkazmasini qanday amalga oshirish mumkin?
Paynet ilovasiga kiring, «O‘tkazmalar» bo‘limini oching va «Xitoy»ni tanlang. So‘ng pul oluvchi foydalanadigan yo‘nalishni belgilang: UnionPay, Alipay yoki WeChat.
Pul oluvchining ism va familiyasini lotin harflarida kiriting. UnionPay orqali o‘tkazma uchun karta raqami, Alipay va WeChat uchun esa telefon raqami kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng UZCARD yoki HUMO kartangizni tanlab, o‘tkazma summasini kiriting.
Mablag‘ kartangizdan so‘mda yechiladi, pul oluvchiga esa Xitoy yuanida yetib boradi. O‘tkazmani tasdiqlashdan oldin ilovada valyuta kursi va oluvchi hisobiga tushadigan summani ko‘rishingiz mumkin. O‘tkazma uchun komissiya olinmaydi.
Shartlar va limitlar
Bir martalik o‘tkazma summasi: 1 100 000 so‘mdan 20 188 000 so‘mgacha.
Oylik limit: barcha xalqaro pul o‘tkazmalari uchun jami 100 000 000 so‘mgacha.
Kunlik o‘tkazmalar soni: har bir yo‘nalish bo‘yicha 5 tagacha.
Oylik o‘tkazmalar soni: UnionPay orqali 20 tagacha, Alipay orqali 15 tagacha va WeChat orqali 10 tagacha.
WeChat orqali o‘tkazmalar haqida muhim ma’lumot
WeChat orqali yangi oluvchiga birinchi marta pul yuborilganda, oluvchi ilovada mablag‘ni qabul qilganini tasdiqlashi va jo‘natuvchiga kim bo‘lishini ko‘rsatishi kerak. Buni 48 soat ichida amalga oshirish lozim. Aynan shu oluvchiga keyingi pul o‘tkazmalarida ushbu tekshiruvdan qayta o‘tish talab etilmaydi.
Tez orada: Xitoyga Alipay va UnionPay orqali boshqa davlat fuqarolariga ham pul yuborish mumkin bo‘ladi
Yaqin vaqt ichida Alipay va UnionPay orqali Xitoyga pul yuborish imkoniyati faqat Xitoy fuqarolari bilan cheklanmaydi. Boshqa davlat fuqarolariga ham pul o‘tkazish mumkin bo‘ladi.
Xizmatdan foydalanish uchun Paynet ilovasiga kiring va «O‘tkazmalar» → «Xitoy» bo‘limini tanlang. Yuborilgan pul o‘tkazmasi holatini ilovaning operatsiyalar tarixida kuzatishingiz mumkin.
20.11.2026
Bank va litsenziyalangan kripto-provayder oʻz mijozlari uchun raqamli moliyaviy xizmatlarni birgalikda rivojlantirish niyatida

19.11.2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushirilganidan so‘ng aholi Visa va Mastercard kartalarini Paynet mobil ilovasi va infokiosklari orqali faolroq to‘ldira boshladi.
06.11.2026
Paynet xalqaro professional tashkilot — ACCA Buyuk Britaniya (Association of Chartered Certified Accountants) tomonidan beriladigan nufuzli “ACCA Approved Employer – Trainee Development Gold” maqomiga sazovor bo‘ldi.