71 202-07-07
Tilni tanlang
O'zbek

Apple Pay va Google Pay ishga tushirilganidan so‘ng Paynet orqali Visa va Mastercard kartalarini to‘ldirish faollashdi

O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushirilganidan so‘ng aholi Visa va Mastercard kartalarini Paynet mobil ilovasi va infokiosklari orqali faolroq to‘ldira boshladi.
img

O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushirilganidan so‘ng aholi Visa va Mastercard kartalarini Paynet mobil ilovasi va infokiosklari orqali faolroq to‘ldira boshladi.

Ushbu operatsiyalarni amalga oshiruvchi foydalanuvchilar soni oshdi. Bu xalqaro kartalarni qulay usulda to‘ldirishga bo‘lgan qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.

Foydalanuvchilar Visa va Mastercard kartalariga mablag‘larni bevosita Paynet mobil ilovasi va infokiosklari orqali o‘tkazishlari mumkin. Agar xaridlar uchun smartfon orqali to‘lov qilishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, avvalo kartangizni chiqargan bank Apple Pay yoki Google Pay xizmatini qo‘llab-quvvatlashiga ishonch hosil qiling. Kartani to‘ldirgandan so‘ng uni tegishli to‘lov xizmatiga qo‘shib, kontaktsiz to‘lov qabul qilinadigan savdo nuqtalarida smartfon orqali to‘lov qilishingiz mumkin.

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Uzcard va HUMO kartalarini Apple Pay va Google Pay xizmatlariga ulash jarayoni ham boshlandi. Ayrim banklar ushbu xizmatlarni allaqachon ishga tushirgan, qolgan banklar esa keyinroq ulanishni rejalashtirmoqda.

Uzcard va HUMO kartalarini mamlakat bo‘ylab joylashgan Paynet infokiosklari orqali to‘ldirish mumkin. Shu tariqa, foydalanuvchilar o‘zlariga yaqin Paynet infokioskidan foydalanib, kartalarini to‘ldirishlari va smartfon orqali kontaktsiz to‘lovlarga tayyorlashlari mumkin.

Paynet to‘lov imkoniyatlarini rivojlantirishda davom etib, kundalik moliyaviy operatsiyalarni yanada sodda va qulay qilishga intiladi.

Apple Pay va Google Pay ishga tushirilganidan so‘ng Paynet orqali Visa va Mastercard kartalarini to‘ldirish faollashdi