Ilovada xizmatlar to'lovi uchun
2,2% gacha keshbek
kategoriyalari

Hamkorlar uchun
Hamkorlik shartlari va imkoniyatlari
Agentlar uchun
Agent tarmog'i uchun vositalar va qo'llab-quvvatlash
Agent kabineti
Paynet agent shaxsiy kabinetiga kirish
Terminal o'rnatish
Biznesingizda Paynetga ulanish
Aksiyadorlar va investorlar uchun
Moliya hisobotlari va muhim hujjatlar
Fayllar va drayverlar
Kerakli dasturiy ta'minot va ko'rsatmalar
Biz haqimizda
Kompaniya tarixi va missiyasi
Rivojlanish strategiyasi
Asosiy maqsadlar va o'sish yo'nalishlari
Kompaniya tuzilishi
Kompaniya rahbarligi va xodimlari
Hududiy vakilliklar
Paynet O'zbekiston hududlarida
Rekvizitlar
Yuridik ma'lumotlar va hujjatlar
Murojaatlarni qabul qilish
Paynet rahbariyati tomonidan shaxsiy qabul grafigi va tartibi
Bo'sh ish o'rinlari
Paynet jamoasining bir qismi bo'ling
Kontaktlar
Biz bilan bog'lanish

Xolis'da elektron hisob-fakturalar (EHF) bilan ishlash imkoniyati paydo bo'ldi – bu degani, platforma foydalanuvchilari endi nafaqat iste’molchilar bilan, balki shartnoma asosida tadbirkorlar va kompaniyalar bilan ham rasmiy ishlashlari mumkin. Avval buning uchun boshqa elektron hujjat aylanishi xizmatlaridan foydalanish kerak edi. Endi buni to'g'ridan-to'g'ri Xolis'da amalga oshirish mumkin.
Asosiy afzallik – ERI talab etilmaydi
Odatda hujjatlarni imzolash uchun elektron raqamli imzo (ERI) kerak bo'ladi, uni olish va sozlash esa alohida vaqt talab qiladi. Xolis'da bu murakkablikdan xalos bo'ldik: hujjat biometrik identifikatsiya orqali tasdiqlanadi. Tez va ortiqcha byurokratiyasiz.
Chiquvchi EHF: siz – ijrochi
Shartnoma asosida boshqa tadbirkor yoki yuridik shaxsga xizmat ko'rsatyapsiz yoki mahsulot sotyapsiz. Shundan so'ng «Hujjatlar» → «Elektron hisob-fakturalar» → «Chiquvchi» bo'limida EHF yarating, ma'lumotlarni to'ldiring va biometrik identifikatsiya orqali imzolang. Hujjat darhol buyurtmachiga yuboriladi, to'lovni esa u sizning Xolis biznes-hamyoningizga to'g'ridan-to'g'ri yuborishi mumkin.
Kiruvchi EHF: siz – buyurtmachi
Ijrochi sizga shartnoma asosida ko'rsatilgan xizmat yoki sotilgan mahsulot uchun EHF taqdim etadi. Shundan so'ng «Hujjatlar» → «Elektron hisob-fakturalar» → «Kiruvchi» bo'limida kerakli hujjatni tanlang, «Imzolash»ni bosing va shaxsingizni biometrik identifikatsiya orqali tasdiqlang. Tekshiruvdan so'ng EHF imzolanadi, to'lovni esa darhol ijrochining biznes-hamyoniga yoki uning hisob-raqamiga o'tkazma orqali amalga oshirish mumkin.
EHF shablonlari
Agar bir xil EHFlarni muttasil rasmiylashtirsangiz – masalan, ijara yoki obuna xizmatlari uchun – hujjatni shablon sifatida saqlab qo'yishingiz mumkin. Keyingi safar Xolis sana va raqamni o'zi yangilaydi, sizga faqat tekshirib, biometrik identifikatsiya orqali imzolash qoladi. Bu vaqtni tejaydi va qayta to'ldirishda xatoliklar ehtimolini kamaytiradi.
Xulosa
Xolisdagi yangi EHF bo'limi orqali tadbirkorlar boshqa bizneslar bilan bitimlarni to'g'ridan-to'g'ri ilovada rasmiylashtirishlari mumkin. Bu minglab foydalanuvchilar uchun kontragentlar bilan ishlashni tezroq va osonroq qiladi.
Paynet Xolis: Ilovani yuklab olish
Telegram: t.me/paynet_xolis_info
20.11.2026
Bank va litsenziyalangan kripto-provayder oʻz mijozlari uchun raqamli moliyaviy xizmatlarni birgalikda rivojlantirish niyatida

19.11.2026
O‘zbekistonda Apple Pay va Google Pay ishga tushirilganidan so‘ng aholi Visa va Mastercard kartalarini Paynet mobil ilovasi va infokiosklari orqali faolroq to‘ldira boshladi.
09.11.2026
Endi Paynet foydalanuvchilari mobil ilova orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoyga pul yuborishlari mumkin. Buning uchun uchta yo‘nalish mavjud: UnionPay kartalari, Alipay va WeChat hamyonlari.