71 202-07-07
Tilni tanlang
O'zbek

Paynet "Green Aral Sea" loyihasini qo'llab-quvvatladi: birgalikda tabiatni tozalaymiz

Paynet kompaniyasi BMTTDning "Green Aral Sea" ekologik tashabbusiga hissa qo'shdi.

img

Loyihani qo'llab-quvvatlash doirasida Orol dengizi qurib qolgan tubi ekotizimini tiklash uchun 300 million so'm ajratildi.

Buning natijasida mintaqada 23 428 ta saksovul daraxti ekiladi — bu og'ir iqlim sharoitlarini yaxshi ko'taradigan o'simlik.

Paynet uchun bunday loyihalarda ishtirok etish nafaqat ijtimoiy mas'uliyat, balki mamlakatning kelajagiga hissa qo'shishning samimiy istagi hamdir. Biz butun O'zbekiston uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan hudud — Orol dengizi mintaqasi tabiatini tiklashga qaratilgan tashabbusni qo'llab-quvvatlay olganimizdan xursandmiz.

Tavsiya qilamiz